Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoydagi ko‘mir konida portlash: Qurbonlar bor

Xitoydagi ko‘mir konida portlash: Qurbonlar bor

Foto: «Sabah.com»

Xitoyning janubiy-g‘arbidagi ko‘mir konida portlash sodir bo‘ldi. Oqibatda to‘rt kishi halok bo‘ldi, to‘qqiz kishining holidan xabar olish imkoni bo‘lmayapti, deya xabar bermoqda «Sabah.com».

«Sinxua» axborot agentligining ma’lum qilishicha, portlash mamlakatning Xenan provinsiyasiga qarashli Pansu shahridagi Zimutsiya ko‘mir konida sodir bo‘lgan.

Hodisa joyiga zudlik bilan qidiruv-qutqaruv guruhi yetib kelgan. Ayni damda surishtiruv ishlari boshlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring