Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kuchli zilzilalar Xitoyni larzaga keltirdi: qurbonlar bor

Kuchli zilzilalar Xitoyni larzaga keltirdi: qurbonlar bor

Foto: «Report.az»

21-may kuni butun Xitoy hududi bo‘ylab kuchli zilzilalar sodir bo‘ldi.

Xitoy FVVga ko‘ra, zilzila oqibatida mamlakat janubi-g‘arbidagi Yunnan viloyatida ikki kishi halok bo‘lgan, jarohat olganlar soni 17 nafarga yetgan. Jarohat olganlardan 3 nafarining ahvoli og‘ir deya baholanmoqda. Qutqaruvchilar viloyatning 21 ming nafar aholisini boshqa joyga ko‘chirishgan.

21-may kuni shu viloyatning Yanbi Dali-Bay uyezdida 20 ga yaqin yer osti silkinishlari kuzatilib, eng kuchlisi (6,4 ball) mahalliy vaqt bilan soat 21:48 da sodir bo‘lgan.

Oradan bir necha soat o‘tib, shanbaga o‘tar kechasi yanada kuchli yer silkinishlari  mamlakat shimoli-g‘arbida qayd etildi. Aholisi eng gavjum viloyatlardan biri Sinxayda mahalliy vaqt bilan soat 02:04 da magnitudasi 7,4 ga teng zilzila sodir bo‘ldi.

Qutqaruv-qidiruv ishlari ketmoqda. Qurbonlar va jarohatlangan soni oshishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring