Xitoydagi alyumin zavodida portlash sodir bo‘ldi

Xitoyning Szyansu provinsiya Usu shahridagi alyumin zavodida sodir bo‘lgan portlash oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi, deya xabar beradi «RIA Novosti» axborot agentligi.
Voqea mahalliy vaqt bilan soat 2:00 da sodir bo‘lgan
Ma’lum bo‘lishicha, ikki kishi voqea joyida halok bo‘lgan. To‘rt nafar jabrlangan zudlik bilan shifoxonaga yotqizilgan. Shifokorlarning harakatlariga qaramasdan, yana uch kishi halok bo‘lgan.
Yaralangan bir kishining ahvoli yaxshi ekani aytilmoqda.
Voqea joyida qidiruv-qutqaruv ishlari nihoyasiga yetgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter