Yana Afg‘oniston: «Tolibon» politsiyaga hujum uyushtirdi

Afg‘oniston janubidagi Qandahor viloyati Marof tumanida «Tolibon» jangarilari politsiyaga hujum uyushtirishi oqibatida 5 politsiya xodimi halok bo‘ldi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.
Qandahor viloyati hokimligi mutasaddisi Ziyo Duroniy tumandagi politsiya mashinalariga og‘ir qurollar bilan hujum uyushtirilganini ma’lum qildi.
Hujum oqibatida 5 nafar politsiyachi halok bo‘lgan, 9 nafari jarohatlangan.
«Hujumga tezkor qarshilik ko‘rsatilishi tufayli 15 nafar jangari o‘ldirilib, 11 nafari yaralandi», – deydi Ziyo Duroniy.
«Tolibon» tomonining ma’lum qilishicha, hujumda ko‘plab harbiylar halok bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter