Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiyada uchinchi to‘plam tishlarni o‘stiradigan dori yaratildi

Yaponiyada uchinchi to‘plam tishlarni o‘stiradigan dori yaratildi

Ma’lumki, insonga tabiatan ikkita tish to‘plami berilgan: 20 sut tishi va 28-32 doimiy tish. Biroq, olimlar embrion bosqichida bo‘lgan uchinchi to‘plamni o‘stirish mumkinligini aniqladilar.

Aksariyat odamlarda 32 ta asosiy tishlarning cheklangan to‘plami mavjud va dunyo aholisining atigi 1 foizida ko‘proq (giperdontiya) yoki kamroq (agenez) bo‘lishi mumkin. So‘nggi tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, tishlarning qisman yoki to‘liq yo‘qligi fojia emas. Ular o‘stirilishi mumkin.

Tishlarning o‘sishi uchun bir nechta genlar mas’uldir, ammo suyak morfogenetik oqsil (BMP) omillari, suyak va tishlarning rivojlanishi uchun mas’ul bo‘lgan molekulalarining (Wnt) faollashuvini bostiradigan USAG –1 oqsili hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Tajribalar shuni ko‘rsatdiki, USAG -1 oqsilini bostirish yangi tishlarning o‘sishiga olib keladi. Bundan tashqari, Kioto universitetining yapon olimlari antitana nafaqat yetishmayotgan tishlarni o‘stirishi, balki uchinchi tishlar to‘plamining o‘sishini ham qo‘zg‘atishi mumkinligini aniqladilar. Uchinchi to‘plam yaqinda topilgan va «harakatsiz embrionlar» holatida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring