Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zelenskiy tinchlik muzokaralari uchun maqbul joyni aytdi

Zelenskiy tinchlik muzokaralari uchun maqbul joyni aytdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Quddusni Rossiya bilan muzokaralar joyiga aylantirish mumkinligini aytdi. Bu haqda u Isroil parlamentidagi videomurojaatida ma’lum qildi.

Ukraina rahbari Isroil bosh vaziri Naftali Bennet Ukraina va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi muzokaralarni tashkil etishda vositachilik qilishga urinayotganiga e’tibor qaratdi.

«Biz bu sa’yi-harakatlardan minnatdormiz, ertami-kechmi Rossiya bilan gaplasha boshlaymiz. Balki Quddus tinchlik yo‘lini topish uchun to‘g‘ri joydir», — dedi siyosatchi.

Zelenskiy shuningdek, Isroilning betaraflik siyosatini o‘zgartirib, Ukrainaga yordam berishga undagan. 

Ukraina prezidenti urush boshlangandan beri Rossiya rahbari Vladimir Putinni muzokaralarga chaqirib keladi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring