Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eng ko‘p narkotik modda iste’mol qiluvchi mamlakat qaysi?

Eng ko‘p narkotik modda iste’mol qiluvchi mamlakat qaysi?

Foto: «Azon.uz»

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi saytida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish axborot-tahlil markazi vakillari va akademiya talabalari ishtirokida o‘tgan «Narkotik moddalarni yoshlarga ta’siri» davra suhbatida shu xususda so‘z borgani ta’kidlanadi.

Suhbat mobaynida, giyohvandlik illatining dunyo bo‘ylab ortib borayotgani, bu borada qo‘shni Afg‘oniston davlati xavotirga sabab bo‘luvchi manbalardan biri bo‘lib qolayotgani, ko‘knori ekinlari yetishtiriladigan maydonlar sathi hamda opiy narkotik moddasini ishlab chiqarish hajmi 2-3 barobarga ortayotgani ta’kidlandi.

Ma’ruzada Afg‘onistonda yetishtiriladigan narkotik moddalar Eron va Turkiya, Pokiston va Markaziy Osiyo orqali tarqatilishi keltirib o‘tildi.

Ayni paytda dunyoda eng ko‘p narkoman insonlar yashaydigan davlat AQSh bo‘lsa, eng ko‘p narkotik moddalar iste’mol qiluvchi davlatlardan biri Rossiyadir. Shu sababli davlatimiz tomonidan profilaktik tadbirlarni kuchaytirish va hushyorlikni oshirish zarurligi alohida qayd etildi.

Davra suhbatida sintetik narkotik mahsulotlari to‘g‘risida ham ma’lumot berilib, ular tarkibida hech qanday tabiiy mahsulot bo‘lmasligi va boshqa narkotik moddalarga nisbatan gallyusinatsiya holati ancha kuchli kechishi ma’lum qilindi.

Albatta, har bir yosh kelajak bunyodkori ekan ularning taqdiriga befarq bo‘lmaslik, sog‘lom va barkamol voyaga yetishi uchun giyohvandlik kabi salbiy illatlardan ogoh etish zarur.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring