Avtomobil kaliti o‘tmishda qoladi: o‘rnini smartfon egallaydi

CCC (Car Connectivity Consortium) konsorsiumi o‘zining ilk «Digital Key» standartini ommaga namoyish qildi. U avtomobillar uchun vertual kalitni smartfonga yuklab olish imkonini beradi, deb xabar berdi «Terabayt».
Ushbu konsorsiumga taniqli avtokonsernlar bilan birga smartfon ishlab chiqaruvchilar ham kirgan. Ular qatorida «Apple», «Audi», «BMW», «General Motors», «Hyundai», «LG Electronics», «Panasonic», «Samsung» va «Volkswagen» kabi gigantlar bor.

Vertual kalit yordamida «NFC» bilan ta’minlangan smartfon orqali avtomobilingizni ham ochasiz, ham yopasiz, dvigatelni yoqasiz, istasangiz avtomobilingizni boshqa haydovchi boshqarishga imkon berasiz. Shu bilan birga, mazkur standart xavfsizlik masalasiga ham alohida urg‘u beradi.
Konsorsium ishtirokchilari allaqachon «Digital Key» standartining ikkinchi bosqichi ustida tadqiqot ishlarini boshlab yuborishgan. Yangi mahsulot 2019-yilning birinchi choragida taqdim etiladi. U avtomobil bilan smart-qurilma orasida standartlashtirilgan autentifikatsiya protokolini taqdim etishi kerak.
Xullas, kelgusida kimdir mashinangizni o‘g‘irlamoqchi bo‘lsa, avval smartfoningizni qo‘lga kiritishi kerak bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter