Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent tumanida yashovchi yigit xushtoriga yoqish uchun mashina o‘g‘irladi

Toshkent tumanida yashovchi yigit xushtoriga yoqish uchun mashina o‘g‘irladi

Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati

Yunusobod tumanida o‘g‘rilangan avtomobil ushlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabarda qayd etilishicha, 2018-yilning 6-aprel kuni soat 22:00 da Toshkent shahar IIBB ga oq rangli «Spark» rusumli avtomobilning olib qochilgani haqida xabar berildi.

Ma’lum bo‘lishicha, jabrlanuvchi — 1976-yilda tug‘ilgan fuqaro Sh.I.  mashinani o‘g‘rilab ketgan A.S. bilan voqeadan bir kun avval tanishgan. A.S. mashina egasiga Shayxontohur tumanida yashovchi xushtorining oldiga borib kelishni taklif qilgan. U Farobiy ko‘chasiga yetib borishganda Sh.I.dan avtomobildan tushib, uydan nariroqda kutib turishini so‘ragan, o‘zi esa mashinada yolg‘iz borib mahbubasini hayron qoldirmoqchi ekanini aytgan.

Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati

«Oradan ma’lum vaqt o‘tib, Sh.I. tanishiga qo‘ng‘iroq qilgan, SMS yuborgan. Javob bo‘lavermagach, ichki ishlarning «102» raqamiga xabar bergan», — deyiladi xabarda.

Toshkent shahar IIBB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, o‘g‘rilangan avtomobil YPX brigadasining 3-bataloni va Yunusobod tuman IIO FMBning profilaktika inspektori tomonidan ushlangan. Uni boshqarib ketayotgan Toshkent viloyati Toshkent tumanida yashovchi fuqaro A.S. qo‘lga olingan. Aniqlanishicha, mashinani olib qochgan shaxs avval ham jinoyat sodir etib, buning uchun sudlangan.

Hozirga vaqtda ayblanuvchining poytaxt va Toshkent viloyatining boshqa hududlarida amalga oshirgan jinoiy harakatlarini aniqlash borasidagi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring