O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish 44 foizga oshdi

O‘tgan yilning yanvar-mart oylari bilan taqqoslanganda, joriy yil birinchi choragida O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish 44 foizga oshdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Ma’lumotga ko‘ra, 2018 yil yanvar-mart oylarida 38 029 dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan (o‘tgan yili birinchi chorakda — 26 287dona). Shu tarzda o‘sish sur’ati 44 foizni tashkil etdi.
Bundan tashqari, avtomobil dvigatellarini ishlab chiqarish ham o‘tgan yilga nisbatan 43 foizga oshgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter