Tezkor xabar! Toshkentda avtomobil gaz balloni portlab ketdi

Bugun, 28-dekabr kuni Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi Qushbegi gaz quyish shoxobchasida portlash kuzatildi. Bu haqda ishonchli manbalarimiz xabar berdi.
Aniqlanishicha, «Neksiya» rusumli avtomashinaning gaz balloni shoxobchada portlab ketgan. Portlash sababi — avtomobil gaz bilan to‘ldirilayotgan paytda haddan tashqari yuqori bosim berilgan. Hech kim jabr ko‘rmagan.
Mashina haydovchisi erkak kishi bo‘lib, unga hech qanday jarohat yetmagan. Portlashning aniq sababi kechroq ma’lum qilinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter