Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Vatanparvar»chilar bo‘lajak gvardiyachilarga yo‘l qoidalari bo‘yicha suhbat o‘tkazdi

«Vatanparvar»chilar bo‘lajak gvardiyachilarga yo‘l qoidalari bo‘yicha suhbat o‘tkazdi

Milliy gvardiya harbiy telekommunikatsiya yo‘nalishidagi «Temurbeklar maktabi» Toshkent akademik litseyida o‘quvchilar uchun yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda «Vatanparvar» tashkiloti «Yashnobod o‘quv STK» UK xodimlari o‘quvchilarga yo‘l harakati qoidalarini buzishning ayanchli oqibatlarining oldini olish maqsadida «Qoidani buzmay yur» va «Men tartibli haydovchi bo‘laman» mavzularida ma’ruzalar qilishdi.

Suhbatda Ma’naviyat, TOI va XVT masalalari bo‘yicha boshliq o‘rinbosari N.Bazarova, o‘quv qism mudiri I.Mahmudov, Milliy gvardiya harbiy telekomunikatsiya yo‘nalishidagi «Temurbeklar maktabi» ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari I.Inoyatov, «Temurbeklar maktabi» matematika fani yetakchi o‘qituvchisi D.Nuriddinova, Yashnobod tuman IIV QQ 7534-harbiy qism komandiri R.Jalilov va «Temurbeklar maktabi» o‘quvchilari qatnashgan.

— Haqiqatan ham butun o‘quv yili davomida yo‘llar, yo‘lkalar, chorrahayu, burilishlar odamlar bilan gavjum bo‘ladi. Ular qachon va qaysi yo‘ldan yurishlarini g‘iz-g‘izlab o‘tib borayotgan avtomobillarga duch kelishadi, yo‘l belgilarini, milt-milt etib yonayotgan svetofor chiroqlarini uchratishadi. Ko‘cha va chorrahalarni kesib o‘tishda ular yo‘l harakati qoidasini yaxshi bilmoqlari va unga rioya qilmoqlari zarur. Ma’lumki, mamlakatimiz yo‘llarida odir bo‘layotgan yo‘l-transport hodisalarining oldini olish muhim ahamiyatga ega. Haydovchilarning yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya etishi nafaqat o‘zlari, balki barcha yo‘l harakati ishtirokchisi xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi, — dedi o‘quv qism mudiri Ibrohim Mahmudov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring