Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2017-yilda 15 nafar falastinlik bola halok bo‘lgan, 1476 nafari hibsga olingan

2017-yilda 15 nafar falastinlik bola halok bo‘lgan, 1476 nafari hibsga olingan

Foto: «Anadolu» AA

Falastin statistika markaziy byurosi tomonidan e’lon qilingan bayonotda aytilishicha, 2017-yil davomida 15 nafar falastinlik bola Isroil bilan qarama-qarshiliklar qurboni bo‘lgan bo‘lsa, 1467 nafari Isroil qamoqxonalariga tashlangan. Shuningdek, 2018 yilning yanvar va fevral oylarida 6 nafar bola o‘ldirilgan. Bu haqda «Anadolu» axborot agentligi xabar bermoqda.

Bayonot 5-aprel — Falastin bolalar kunida e’lon qilingan. Unda aytilishicha, halok bo‘lgan bolalarning yoshi 9dan 17gacha bo‘lgan.

Statistika byurosining ma’lumotlariga qaraganda, o‘tgan 2017-yil davomida Iordan daryosining g‘arbiy sohili va G‘azo sektorida jami 6742 nafar falastinlik Isroil askarlari tomonidan qo‘lga olingan. Shundan 1467tasi yoki qo‘lga olinganlarning 21,8 foizi bolalar.

Eslatib o‘tamiz, har yili 5-aprel kuni falastinlik halok bo‘lgan bolalar xotirasiga mamlakatda bolalar kuni nishonlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring