Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Evakuatsiya qilinganlarga IIB xodimlari ham o‘z xonadonlaridan joy ajratdi

Evakuatsiya qilinganlarga IIB xodimlari ham o‘z xonadonlaridan joy ajratdi

Foto: Jizzax viloyati IIB axborot xizmati

Joriy yilning 1-may kuni Sirdaryo viloyati Sardoba tumani hududida qurilgan «Sardoba» suv omborida o‘pirilish yuzaga kelganidan xabaringiz bor.

Xabar berilishicha, mazkur vaziyat oqibatlarini bartaraf etish hamda aholini tinch hududlarga evakuatsiya qilish tadbirlarini tashkillashtirish bo‘yicha Jizzax viloyat Ichki ishlar boshqarmasi huzurida tezkor shtab tashkil etilgan. Asosan evakuatsiya Jizzax viloyatining Mirzacho‘l, Do‘stlik, Arnasoy, Paxtakor, Sh.Rashidov tumanlari hamda Jizzax shahrida joylashgan maktab, kollej, xususiy korxonalar hamda aholi xonadonlariga fuqarolarni joylashtirish choralari ko‘rilmoqda.

Foto: Jizzax viloyati IIB axborot xizmati

Sardoba va Oq-oltin tumanlaridan evakuatsiya qilingan aholining 330 nafardan ortig‘i Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlarining yashash xonadonlariga joylashtirilgan va ular yotoq-joy, issiq oziq-ovqat hamda boshqa kundalik zaruriy ashyolar bilan ta’minlangan.    

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring