Marhamatda o‘qituvchilarni uzr so‘rashga majburlagan hokim o‘rinbosari sud tomonidan jarimaga tortildi

Marhamat tumanidagi 72-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi o‘qituvchilarini ota-onalardan uzr so‘rashga majbur qilgan hokim o‘rinbosari Muxtorjon Qurbonovga sud qarori bilan 2 million 700 ming so‘m jarima jazosi tayinlandi.
Bu haqda Xabar.uzga Andijon viloyati sudi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Huquqbuzar sudda tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari sifatida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va boshqa ijtimoiy sohalardagi ishlarni muvofiqlashtirib borishga mas’ul ekanligini ta’kidlagan.
Shuningdek, joriy yil 4-fevral kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda ta’lim sifati, o‘quvchilarning oliy o‘quv yurtiga kirish ko‘rsatkichi pastligini vaj qilib, chindan-da maktab o‘qituvchilarini ota-onalardan uzr so‘rattirganini, bu ishidan afsusda ekanini, ayni holat qayta takrorlanmasligini aytib, suddan yengillik so‘rab ko‘rsatma bergan.
Mazkur ishni ko‘rib chiqqan sudya Zarifjon Rahimovning qayd etishicha, sud huquqbuzarga jazo tayinlashda uning qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligini, avval ma’muriy javobgarlikka tortilmaganligini inobatga olgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter