Qidiruvda bo‘lgan shaxslar ushlandi

Jinoyat kodeksining 109-moddasi, 2-qismida ko‘rsatilgan (qasddan badanga yengil shikast yetkazish) jinoyatini sodir etgani uchun 2016-yil 8-dekabrdan buyon Zangiota tuman IIB qidiruvida bo‘lgan, 1981-yilda tug‘ilgan A.K. Zangiota tumani IIB JQB mas’ul xodimlari tomonidan Zangiota tumani hududida aniqlanib, ushlangan.
Shuningdek, Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) jinoyatni sodir etgani uchun Toshkent tuman IIB tomonidan 2018-yil 5-yanvardan buyon qidiruvda bo‘lgan, 1980-yilda tug‘ilgan, B.U. Toshkent tumani IIB JQB mas’ul xodimlari tomonidan Toshkent tumani hududida aniqlanib, ushlangan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter