Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Amudaryodagi to‘qnashuvda ikki kishi vafot etdi

Amudaryodagi to‘qnashuvda ikki kishi vafot etdi

Foto: IIV YHXBB

1noyabr Qoraqalpog‘istonning Amudaryo tumani hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lida haydovchi, 1968 yilda tug‘ilgan U.Yu. «Lifan» rusumli yuk tashuvchi mototsiklda harakatlanayotib, keskin ortga burilishi natijasida orqasidan harakatlanib kelayotgan haydovchi, 1956 yilda tug‘ilgan K.B. boshqaruvidagi «Nexia» bilan to‘qnashgan. 

Buning oqibatida «Nexia» qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, haydovchi, 1963 yilda tug‘ilgan F.M. boshqaruvidagi «Isuzu» rusumli yuk avtomobili bilan to‘qnashgan.

Oqibatda «Nexia» yo‘lovchisi 1960 yilda tug‘ilgan A.R. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida va uning 2017 yilda tug‘ilgan nabirasi B.R. shifoxonada vafot etgan. Ushbu avtomobil haydovchisi K.B. va yana ikki nafar yo‘lovchi og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Amudaryo tumani IIB TB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring