Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sirdaryoda ikki avtomashina butkul yonib ketdi

Sirdaryoda ikki avtomashina butkul yonib ketdi

2020 yil 26 oktyabr kuni soat 18:45 larda haydovchi A.N Neksiya rusumli avtomashinasini Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani hududidan o‘tgan 4R33 avtomobil yo‘lining 9 kilometrida Guliston-Uchtom yo‘nalishi bo‘yicha boshqarib ketayotib tezlik yuqori bo‘lganligi sababli rul boshqaruvini yo‘qotib qarama-qarshi harakatlanish bo‘lagiga o‘tib ketgan va ushbu yo‘nalishda kelayotgan Niva Shevrolet rusumli transport vositasi bilan to‘qnashib, yo‘l transport xodisasi sodir etgan.

IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, to‘qnashuv natijasida yong‘in kelib chiqib, transport vositalari butkul yonib ketgan.

Haydovchilarga yong‘indan zarar yetmagan, YTX natijasida xaydovchilar yengil tan jaroxati olib Oqoltin tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring