Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sirdaryoda yolg‘iz farzand yaqin qarindoshi tomonidan pichoqlandi

Sirdaryoda yolg‘iz farzand yaqin qarindoshi tomonidan pichoqlandi

Sirdaryoda qotillik jinoyati sodir etildi: otasiz o‘sgan, onasining yolg‘iz farzandi bo‘lgan 18 yoshli yigitning tanasiga qarindoshi tomonidan o‘n marotaba pichoqlandi. 

Bu haqda marhumning tanishlari tomonidan xabar berilgan.

«Bundan 2-3 kun avval kunduzi, onasining yolg‘iz farzandi bo‘lgan ukamiz 18 yoshli M. dahshatli qotillik qurboni bo‘ldi. Aytishlaricha qotil begona bo‘lmagan, M.ning yaqin qarindoshi bo‘lgan.

Mahallada har kim o‘z taxminlarini aytishmoqda: qotil M.ning uyiga o‘g‘rilikka kirganmi yoki mehmon sifatida kelganmi, o‘rtalarida qandaydir oldi-berdi bo‘lganmi, bu haqda aniq biron bir gap aytaolmayman. Dahshatlisi shundaki, M.ning tanasiga 8 yoki 10, 12 marotaba pichoq urilgan va u shifoxonada vafot etgan. Endi o‘zingiz tasavvur qilavering, yolg‘iz farzandidan bevaqt judo bo‘lgan onaizorning holatini esa so‘z bilan ifodalab bo‘lmaydi», — deyiladi xabarda.

Hodisa prokuratura tomonidan tasdiqlandi.

Prokuratura xabariga ko‘ra, fuqaro X.M. joriy yilning 18-mart kuni soat 14:40larda o‘zganing pul mablag‘larini qo‘lga kiritish maqsadida, qarindoshi bo‘la (xolavachcha)si Guliston shahar «Navbahor» mahallasida yashovchi fuqaro I.M.ning uyiga boradi va pichoq bilan badaniga o‘n marotaba urib — qasddan o‘ldirgan.

Hozirda Sirdaryo viloyat prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring