Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

SSV bolaning ahvoli haqida ma’lumot berdi

SSV bolaning ahvoli haqida ma’lumot berdi

Foto: Videolavhadan skrinshot

Ijtimoiy tarmoqlarda 14-yanvar kuni Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida 5-qavatda yosh bola osilib qolgani va pastga tushib ketgani aks etgan video tarqalgan edi.

Sog‘liqni saqlash vaziri matbuot kotibi ushbu hodisa yuzasidan ma’lumot berdi.

«14-yanvar soat 16:18 da Olmazor tumani Beruniy dahasi 3-blok 135-xonadondan chaqiruv bo‘lgan. Tez tibbiy yordam mashinasi o‘z vaqtida yetib borgan. Unda 3 yoshu 11 oylik A.X. uyda yolg‘iz qolganligi sababli o‘ynab, derazadan chiqib ketgan, lekin uni aholi ko‘rib, pastda adyol tutib ushlab qolgan.

Tez tibbiy yordam guruhi 7 daqiqa ichida yetib borgan, birinchi yordam voqea joyida ko‘rsatilgan, zudlik bilan shifoxonaga olib borilgan; ayni paytda malakali shifokorlar tomonidan unga sifatli davo choralari qo‘llanilyapti. Og‘ir jarohat olmagan. Bosh miya chayqalishi deb birlamchi tashxis qo‘yilgan. Ahvoli hozir barqaror», deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring