Suriyada halok bo‘lgan «Su-25» samolyoti uchuvchisiga Rossiya qahramoni unvoni berildi

Suriyada urib tushirilgan «Su-25» samolyoti.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Suriyada halok bo‘lgan uchuvchi, mayor Roman Filipovga Rossiya qahramoni unvonini berish haqidagi farmonni imzoladi. Bu haqida Kreml matbuot xizmati ma’lum qilgan.
Filipov «qahramonligi, bahodirligi, o‘z harbiy burchiga sodiqligi uchun» mukofotlandi deyiladi xabarda. Ma’lumki, joriy yilning 3-fevral kuni Idlib zonasida (Suriya muxolifatiga qarashli) samolyot jangarilar hujumiga uchragan, Filipov samolyotdan sakrashga ulgurgan, biroq terrorchilar bilan jangda halok bo‘lgan.
Mayorning jasadi Rossiya harbiy razvedkachilari va turk askarlarining sa’y-harakatlari natijasida ruslarga qaytarilgan. Marhumning dafn marosimi 8-fevral kuni Voronej shahrida bo‘lib o‘tadi. Marhumning oilasi, bir nafar farzandi bor.

Foto: «Getty Images»
Rossiya harbiy-kosmik kuchlari rahbari Sergey Surovkin Filipovning o‘limini «juda katta yo‘qotish» deb atadi va uning yaqinlariga hamdardlik bildirdi.
«Mayor Filipov boshqa harbiy xizmatchilarimiz kabi haqiqiy vatanparvardir. Uning jasorati Rossiya harbiy aviatsiyasi va armiyasi tarixidan munosib joy oladi», — degan Surovkin.
Kaliningrad ko‘chalaridan biriga marhumning nomi beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter