Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryoda 22 yoshli yigit avtomashinada kanalga tushib ketib, halok bo‘ldi — video

Surxondaryoda 22 yoshli yigit avtomashinada kanalga tushib ketib, halok bo‘ldi — video

Foto: Videolavhadan skrinshot

Surxondaryo viloyati Denov tumanida 16-mart kuni 22 yoshli haydovchi «Nexia» avtomobil kanalga tushib ketishi oqibatida halok bo‘lgan. Avtomobilda bo‘lgan yo‘lovchi esa shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda «Zamon» informatsion dasturida ma’lum qilindi.

Xabarga ko‘ra, voqea 16-mart kuni soat 16:00 larda Denov tumani Obod turmush mahallasi orqali o‘tgan yo‘lda sodir bo‘lgan. 1999 yilda tug‘ilgan fuqaro otasiga tegishli «Nexia» avtomobilida harakatlanib ketayotib, tezlikni me’yoridan oshirish tufayli boshqaruvni yo‘qotgan.

Buning oqibatida avtomobil ko‘prikning temir ustuniga urilib, Qorasuv kanaliga tushib ketgan. Haydovchi voqea joyida halok bo‘lgan. Qayd etilishicha, mashina salonida bo‘lgan yo‘lovchi jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan. Ayni vaqtda kanal ustidan o‘tgan ko‘prikni kengaytirish ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring