Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryodagi ayanchli YTHda voyaga yetmagan qiz halok bo‘ldi

Surxondaryodagi ayanchli YTHda voyaga yetmagan qiz halok bo‘ldi

Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida 1-oktyabr kuni «Lacetti» voyaga yetmagan qizni urib yubordi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati xabar qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, voqea tumanning G‘alaba mahallasida soat 11:30 atrofida sodir bo‘lgan. 2016 yilda tug‘ilgan qiz onasi bilan tanishining uyidan chiqib, yo‘lning narigi betida turgan otasining mashinasi tomon o‘tmoqchi bo‘lgan.

Qayd etilishicha, qiz yo‘lni kesib o‘tayotgan vaqtda «Lacetti» uni turtib ketgan. Oqibatda qiz voqea joyida halok bo‘lgan. Yo‘l holati o‘rganilganda yo‘l belgilari o‘rnatilgani, ammo yotiq chiziqlar mavjud emasligi aniqlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring