Turkiyada kana chaqishidan insonlar halok bo‘lmoqda

Turkiyaning Sivas viloyatida ikki kishi Qrim-Kongo gemorragik isitmasi kasalligini qo‘zg‘atuvchisi bo‘lgan kana chaqishi oqibatida vafot etdi.
Bu haqda Anadolu agentligi xabar bermoqda.
Birinchi qurbon Kurujaabat qishlog‘ida yashovchi 76 yoshli fuqaro bo‘lgan. Kana chaqqanidan so‘ng, erkak isitmasi shubhasi bilan jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Shifokorlar uni qutqara olmadilar.
Keyinchalik, kana chaqishi natijasida Minarekaya qishlog‘ida yashovchi 47 yoshli fuqaro kasalxonaga yotqizilgan, uni ham qutqarib bo‘lmagan.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval Qozog‘istonning Qizilo‘rda viloyatida ikki kishi kana chaqishi va Qrim-Kongo gemorragik isitmasi oqibatida vafot etgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter