Uchquduqda 8 yoshli bola 5-qavatdagi balkonda osilib qoldi (video)
Navoiy viloyati Uchquduq shahrida 5-qavat balkonida osilib qolgan 8 yoshli bolani Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari qutqardi.
Shu kuni Uchquduq shahrida yashovchi 2-sinf o‘quvchisi Temur Muxtorov uyda yolg‘iz qolib, 5-qavatda joylashgan xonadon devorining raxida deraza romidan ushlagancha turib qolgan. O‘z kuchi bilan vaziyatdan chiqish harakati kutilmagan asoratlar bilan tahdidli edi.
Shu bois bolakayning otasi 6-Harbiylashtirilgan yong‘in xavfsizligi qismidan yordam so‘raydi. Qismning yong‘in o‘chirish bo‘linmasi xodimlari manzilga tezda yetib kelib, ishg‘ol qilish narvoni yordamida bolakayni qutqarishdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter