Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xonadon egasi va uning 7 yoshli nabirasi yong‘inda qolgan

Xonadon egasi va uning 7 yoshli nabirasi yong‘inda qolgan

Foto: Videolavhadan skrinshot

Andijon shahridagi uylarning birida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Viloyat hokimligi matbuot xizmati hodisa tafsilotlarini ma’lum qildi.

2021-yil 12-mart kuni soat 17:22 da Andijon shahar 1-kichik dahadagi ko‘p qavatli uyning 9- xonadonida chaqnash sodir bo‘lib, yong‘in kelib chiqqan.

Sodir bo‘lgan yong‘indan yashash xonadonining 50 kv.m. maydonda uy-ro‘zg‘or buyumlari yonishi hamda chaqnashi natijasida uy egasi M.M. 50 foiz va nabirasi 2014 yilda tug‘ilgan M.J. 50 foiz kuyish-tan jarohati bilan viloyat RShTYoIMga joylashtirilgan.

Andijon shahar FVB qutqaruvchilari voqea joyiga soat 17:25 da yetib borib, 17:28 da yong‘in o‘rab olingan. Voqea joyiga 4 ta asosiy 1 ta maxsus yong‘in qutqaruv avtomobillari jalb etilgan. Yong‘in soat 17:40 da batamom o‘chirildi.

Yong‘indan ko‘p qavatli uyning taxminan 1200 m2 maydonda tom qismi va qo‘shni xonadonlar saqlab qolingan. Yong‘inga 4 ta YoQElari va 1 ta AL-30 avtonarvoni jalb etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring