Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Zil» urib yuborgan piyoda joyida halok bo‘ldi

«Zil» urib yuborgan piyoda joyida halok bo‘ldi

2018-yil 29-may kuni Toshkent shahrida tongi 04:00 da yo‘l-transport hodisasi qayd etildi. Mazkur mudhish hodisa bir insonni hayotdan bevaqt ko‘z yumishiga sabab bo‘ldi.

«Xabar.uz»ga ma’lum qilishlaricha, haydovchi 1983-yilda tug‘ilgan, Chilonzor tumanida yashovchi S.M. shaxsiy «ZIL-4505» rusumli avtoulovni boshqarib ketayotib, yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan fuqaroni urib yuborgan. Natijada piyoda 1952-yilda tug‘ilgan, nafaqada bo‘lgan yashnabodlik S.R. olgan tan jarohati natijasida shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtda vafot etgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv-tergov ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring