Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoro Sog‘liqni saqlash boshqarmasi devonxona mudirasi pora bilan ushlandi

Buxoro Sog‘liqni saqlash boshqarmasi devonxona mudirasi pora bilan ushlandi

Foto: «Xabar.uz»

Buxoro Sog‘liqni saqlash boshqarmasining devonxona mudirasi 500 dollar bilan qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuraturasi huzuridagi Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, joriy yilning 2-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi hamda DXX viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Holatga ko‘ra, Buxoro viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi devonxona mudirasi D.S. 23 yoshli fuqaro X.J.ga uni viloyat teri-tanosil kasalliklari dispanseriga hamshiralikka ishga joylashtirish va’dasini bergan. Buning evaziga Buxoro shahridagi «Mironshoh» kafesi oldida X.J.dan 500 dollarni pora tariqasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Ayni paytda tergov oldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring