Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chegaradosh davlatlardan qancha miqdordagi tovarlarni olib kirish mumkin?

Chegaradosh davlatlardan qancha miqdordagi tovarlarni olib kirish mumkin?

Foto: «Darakchi.uz»

«Qozog‘iston Respublikasiga qarindoshlarimnikiga borganimda o‘z ehtiyojim uchun qancha miqdordagi tovarlarni O‘zbekistonga olib kirishim mumkin?»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Jismoniy shaxslar tomonidan iste’mol tovarlarini olib kirishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga ko‘ra, jismoniy shaxslar tomonidan Respublikamiz hududiga tovarlarni bojsiz olib kelish bo‘yicha normalar belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra chegaradosh davlatlardan, ya’ni Qozog‘iston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Afg‘oniston va Tojikiston Respublikalaridan 10 AQSh dollari miqdorida, chegaradosh bo‘lmagan davlatlardan 1000 AQSh dollari miqdorida o‘z ehtiyoji uchun tovarlarni bojsiz olib kirish mumkin.

Mazkur me’yorlardan ortiqcha miqdorda tovarlar olib kirilganda belgilangan tartibda bojxona to‘lovlari to‘lanadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining axborot kanali xabar qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring