Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ikki nafar muhtojni aldagan mahalla raisiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ikki nafar muhtojni aldagan mahalla raisiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Foto: Xabar.uz

Yana bir mahalla raisiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Nurota tumanidagi «A» MFY raisi D.X. boshpanasi bo‘lmagan va ehtiyojmand ikkitaga oilaga uy-joy sotib olish uchun budjetdan ajratilgan mablag‘lardan 28,5 mln. so‘mini qo‘lga kiritadi. Uy-joyini ta’mirlatib berish va’dasi bilan olingan pullarni esa oqsoqol o‘z ehtiyoji uchun sarflab yuboradi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida mahalla raisi qilgan ishidan pushaymonlik bildirib, yetkazilgan zararning 19 mln. so‘mini o‘z ixtiyori bilan qaytargan. Biroq bu – masala hal bo‘ldi degani emas. Holat bo‘yicha firibgarlik alomatlari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring