Irrigatsiya instituti filialiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs va uning sherigi ushlandi

Fuqarolarni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Buxoro filialiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgar va uning sherigi ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Buxoro viloyati boshqarmalari tomonidan Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan Sh.Sh. 2 nafar fuqaroni vakolatli tanishlari orqali Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Buxoro filialiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 4 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlanib, uning ko‘rsatuvlariga asosan davom etgan tadbirda, yana bir fuqaro U.J. sherigi Sh.Sh.dan 4 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter