Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koreyaga ishga jo‘nataman deb 8000 dollarga «uxlatdi»

Koreyaga ishga jo‘nataman deb 8000 dollarga «uxlatdi»

Foto: «Newbur.ru»

Farg‘onada 8000 AQSh dollari evaziga tanishini Janubiy Koreyaga jo‘natishga va’da bergan shaxs jinoiy javobgarlikka tortildi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar bergan.

2017-yil dekabr oyida Farg‘ona viloyatining Farg‘ona tumanida fuqaro M.M. tanishi J.M.ning ishonchiga kirgan. 8000 AQSh dollari evaziga ukasi T.J.ni 2 oy ichida Janubiy Koreyaga ishlashga jo‘natishini aytib aldagan. So‘ngra bergan va’dasini bajarmasdan aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Holat yuzasidan Farg‘ona tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi ko‘zg‘atilib, unga nisbatan sud tomonidan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring