Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Urilgan mashina o‘rniga yap-yangi «Gentra»mish…

Urilgan mashina o‘rniga yap-yangi «Gentra»mish…

2021-yil mart oyida 36 yoshli X.S. o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan 46 yoshli Z.G.ga, u tomonidan urib olingan «Nexia-3» rusumli avtomashinasini sotib, o‘rniga «Gentra» rusumli avtomashina olib berishini aytadi.

Tanishiga tegishli bo‘lgan «Nexia -3» rusumli avtomashinani 7.000 AQSh dollari sotib yuborgach, undan va’da qilgan «Gentra» rusumli avtomashina uchun yana qo‘shimcha 4.600 (jami 11.600) AQSh dollari pullarni aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritib, bergan va’dasini bajarmasdan pullarini ham qaytarib bermaydi.

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «a» bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi doirasida jinoyatning kelib chiqish sabablari o‘rganilib, huquqiy baho berilishi ta’minlanadi.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring