Mehmonxona biznesini boshqarish dasturi yo‘lga qo‘yilmoqda

Samarqanddagi Xalqaro Turizm Akademiyasi Les Roches bilan hamkorlikda Mehmonxona biznesini boshqarish dasturini ishga tushirmoqda.
Les Roches – mehmondo‘stlik sohasida ta’lim beruvchi dunyo yetakchisi bo‘lib, o‘zining boy tajribasi va innovatsion o‘qitish usullarini Akademiyaga tatbiq etadi. Dastur bitiruvchilari UN Tourism hamda Les Roches tomonidan e’tirof etilgan sertifikatlarga ega bo‘ladilar, bu esa ularga mehmonxona biznesida muvaffaqiyatli karera qurish imkoniyatini beradi.
Akademiyaning ta’lim dasturlari keng doirada turizm sohasiga endigina qadam qo‘yganlarga hamda malakasini oshirishni xohlagan soha mutaxassislari uchun mo‘ljallangan. Nazariy bilimlardan tashqari, talabalar xususiy sektordagi hamkorlarimizda amaliyot o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Ta’lim va kasbiy tayyorgarlikka investitsiya kiritish orqali Akademiya mehmondo‘stlik sohasida yangi avlod yetuk mutaxassislarini tayyorlashga intiladi. Ular nafaqat tarmoq rivojiga, balki mahalliy jamoalar taraqqiyotiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatib, mintaqaviy va global kontekstda barqaror taraqqiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchiga aylanishadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter