Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qoraqalpog‘istonda biznes yurituvchilar uchun alohida imtiyozlar beriladi

Qoraqalpog‘istonda biznes yurituvchilar uchun alohida imtiyozlar beriladi

Joriy yilning 23 noyabrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Orolbo‘yi mintaqasida tadbirkorlikni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi» PF-25-son Farmoni qabul qilingan edi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi raisi Qahramon Sariyev o‘z murojaatida ushbu farmonga alohida to‘xtaldi va unga ko‘ra biznes yurituvchilar uchun mintaqada beriladigan imtiyozlar haqida gapirdi.

Unga ko‘ra, mazkur farmon bilan Mo‘ynoq tumanidagi mahalliy sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmatlar sohalaridagi tadbirkorlik sub’yektlari uchun 10 yil muddatga (2022 yil 1 yanvardan - 2031 yil 1 yanvargacha):

- foyda solig‘i, aylanmadan olinadigan soliq, ijtimoiy soliq, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha o‘rnatilgan soliq stavkalarini 1 foiz etib;

mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 1 foiz miqdorida belgilanmoqda.

Bundan tashqari, zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan taminlanadigan Investitsiya loyihalarining qiymati 4 barobar, ya’ni 50 milliard so‘mgacha kamaytirildi.

Shuningdek, eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan 2022 yil 1 yanvardan - 2027 yil 1 yanvargacha:

- kichik tadbirkorlik sub’yektlariga o‘z mahsulotlarni respublikaning boshqa hududlariga yetkazib berish bilan bog‘liq temir yo‘l transportida tashish xarajatlarining 50 foiz qismini qoplab berish;

- mahalliy eksportchilar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni Kaspiy dengizigacha tashish bilan bog‘liq transport xarajatlarini to‘liq qoplab berish tartibi joriy etilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring