Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun ko‘plab viloyatlarda havo o‘zgarishi mumkin

Bugun ko‘plab viloyatlarda havo o‘zgarishi mumkin

Foto: Xabar.uz

Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha havo o‘zgarib turadi, Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘istonda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Toshkent, Jizzax, Sirdaryo, Surxondaryo viloyatlarida kechga tomon qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha kuchayadi, shimolda va cho‘l hududlarida ba’zi joylarda 22-25 m/s gacha kuchayishi, chang to‘zon kuzatilishi mumkin. Havo 32-37° gacha, shimolda 20-25° gacha isiydi.

Poytaxtimizda kechqa tomon qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 34-36° bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘iadi, momaqaldiroq bo‘ladi. Shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Sel-toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin. Harorat 23-28° bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring