Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun O‘zbekiston hududiga janubiy siklon kirib keladi

Bugun O‘zbekiston hududiga janubiy siklon kirib keladi

Foto: Xabar.uz

Gidrometeorologiya xizmati dam olish kunlari uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. 

Bugun respublika hududiga janubiy siklon kirib kelishi kutilmoqda, buning hisobiga respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlarida yomg‘ir kuchsiz, janubiy va markaziy hududlarda esa birozdan o‘rtachagacha yog‘adi. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzi havo 14-17 daraja iliqgacha isiydi, bu ushbu kunning me’yoriy qiymatlariga yaqindir.

Ertaga respublikaning katta qismida yomg‘irli ob-havo saqlanib turadi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi sababli ko‘rinuvchanlik yomonlashishi mumkin. Ayrim hududlarda shamol 15-20 m/s gacha esishi davom etadi. Havo harorati kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Yakshanba kuni respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushadi. Havo harorati kechasi 3-8 daraja iliqni, kunduzi 10-15 daraja iliqni tashkil etadi.

Respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring