Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugundan havo harorati maksimal darajaga ko‘tarila boshlaydi

Bugundan havo harorati maksimal darajaga ko‘tarila boshlaydi

21 iyul kuni respublikaning ko‘plab hududlarida maksimal havo harorati +44 darajadan yuqori bo‘ladi. Ayrim viloyatlarda termometr ustunchasi +47 darajaga ko‘tariladi.

«O‘zgidromet»ning 21 iyul kuni uchun ishlab chiqilgan qisqa muddatli ob-havo prognoziga ko‘ra, Buxoro va Navoiy viloyatlarida tungi muddatlarda ham havo haroratining minimum qiymatlari +30 +32 darajadan pastga tushmaydi (kechasi namlikning ortishi bilan harorat inson fiziologik holatiga dim, issiq iqlimiy hissiyotni tuhfa etadi).

Bugun tog‘larda ham havo harorati +37 daraja issiq kutiladi. Harorat poytaxt Toshkent va vodiy viloyatlarida +43 darajagacha ko‘tariladi.

Qisqacha aytganda, 21 iyul kuni O‘zbekiston osmoni to‘liq quyoshning faol nur sochish ostida o‘tadi. Tog‘larda ham hech qanday holatda bulutlar rivojlanmaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring