IIV hududiy tizimlarida tayinlovlar amalga oshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining hududiy tizimlarida qator tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda vazirlikning Jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Podpolkovnik Davlatov Xayitmurat Surxondaryo viloyati Termiz shahar bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan bo‘lsa, podpolkovnik Mengliyev Faxriddin Valiyevich Surxondaryo viloyati Muzrabot tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimini egallagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter