Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jondor tumaniga ham hokim tasdiqlandi

Jondor tumaniga ham hokim tasdiqlandi

Foto:«O‘zA»

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rildi.

Sessiyada viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Hikmatov San’atillo Nusratovich Jondor tumani hokimi etib tasdiqlandi.

Tumanning sobiq hokimi Kamol Ro‘ziyevich Kamolov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq  Xayrullo Jo‘rayev Buxoro tumani hokimi etib tayinlangani ma’lum bo‘lgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring