Koreya Respublikasidagi hamyurtlarimiz, oila a’zolari va yaqinlari diqqatiga

2020 yil 29 fevraldan boshlab O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi Elchixonasi huzurida Operativ shtab o‘z ishini boshladi va Koreya Respublikasida KOVID-19 koronavirusining tarqalishi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat barqarorlashgunga qadar 24 saotlik tartibda faoliyat ko‘rsatadi.
Shtab a’zolari O‘zbekiston fuqarolari bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda, tushuntirish ishlari olib bormoqda, tashkiliy-texnik masalalarni hal qilmoqda.
Elchixonaning rasmiy veb-saytida va Fasebukdagi sahifasida, Fasebuk va Telegram ijtimoiy tarmoqlaridagi «Uzbek students in Korea» guruhlarida tezkor axborotlar doimiy asosda joylashtirilmoqda.
Elchixona Janubiy Koreya tomonining vakolatli organlari bilan muntazam aloqada bo‘lib turibdi va fuqarolarimizning konsullik-huquqiy ahamiyatdagi va boshqa turdagi masalalarini hal qilishga ko‘maklashmoqda. Xususan, Koreya Respublikasi Adliya vazirligi mamlakatda qonuniy asosda bo‘lib turgan barcha O‘zbekiston fuqarolarining ID-kartalari amal qilish muddatini bir oyga uzaytirdi.
Operativ shtab bergan ma’lumotga ko‘ra, 3 mart holatiga ko‘ra Koreya Respublikasi hududidagi O‘zbekiston fuqarolari orasida koronavirusga chalinganlar qayd etilmagan.
Elchixona yana bir bor hamyurtlarimizga o‘z qarorlarini, jumladan vatanga qaytish to‘g‘risidagi qarorlarini jiddiy o‘ylab ko‘rishni tavsiya qiladi. Koreya Respublikasi hukumati ilg‘or tibbiyot texnologiyalardan foydalangan holda koronavirus tarqalishining oldini olish uchun barcha zarur choralarni ko‘rmoqda. Kasallik aniqlangan taqdirda chet el fuqarolariga davolash bilan bog‘liq bepul malakali tibbiy xizmat ko‘rsatilishini kafolatlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Elchixonasi huzuridagi Operativ shtab a’zolarining telefon ma’lumotlari:
O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi Elchixonasi
(+82) 2 574-65-54; (+82) 2 577-36-60
Zokir Saidov - (+82) 10-7281-7731
Alisher Abdusalomov - (+82) 10-3213-1972
Erkin Xo‘jayev - (+82) 10-2674-7798
Akbarjon To‘rayev - (+82) 10-6659-4504
Xaydar Fayziyev - (+82) 10-6802-1969
Abdumannon Isanov - (+82) 10-3213-4505
Ayubxon Abdullayev (Uzbekistan Airways AJ vakolatxonasi) - (+82) 10 8718-6850
Alisher Sulaymonov (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvanju shahridagi vakolatxonasi)
(+82) 10-9910-0057
Elchixona internet resurslari:
Veb-sayt: http://uzbekistan.or.kr/
Facebook sahifasi:
https://www.facebook.com/Embassy-of-the-Republic-of-Uzbekistan-in-Seoul-1262723603749230/
Uzbek students in Korea guruhi:
https://www.facebook.com/groups/1225827444169019/
Telegramdagi Uzbek students in Korea guruhi:
https://t.me/uzbek_students_korea
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter