Koreyaga boruvchilar diqqatiga. Endi ba’zi mahsulotlar olib kirish mumkin emas

Koreya Respublikasining karantin hamda hayvon va o‘simliklar inspeksiyasi agentligi mamlakatda Afrika cho‘chqa grippi va parranda grippi tarqalishining oldini olishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar doirasida 2019-yilning 1-iyundan boshlab bir qator go‘sht mahsulotlarini mamlakatga olib kirishni ta’qiqlaydi. Bu haqda tashqi ishlar vazirligi matbut xizmati xabar berib o‘tdi.
Unga ko‘ra quyidagi mahsulotlarni Janubiy Koreyaga olib kirish mumkin emas:
- go‘sht va go‘sht mahsulotlari: mol, cho‘chqa va tovuq go‘shtlari, vetchina, sosiska/kosbasa, quritilgan go‘sht, pishirilgan go‘sht, konservalar va hokazo;
- hayvon mahsulotlari: bug‘u shoxlari, suyaklar, patlar va hokazo;
- sut mahsulotlari: sut, pishloq, yog‘ va hokazo;
- tuxum va tuxum mahsulotlari: tovuq va qush tuxumlari, tuxum oqi, tuxum kukuni va hokazo;
- uy hayvonlari uchun ozuqa, yegulik, oziq-ovqat qo‘shimchalari va hokazo.
Yuqorida qayd etilgan go‘sht mahsulotlarini Koreya Respublikasiga qonunga xilof tarzda olib kirishga harakat qilish 5 mln Koreya voni (1$= 1155,57 von) miqdoridagi jarima solinishiga asos bo‘ladi.
Jarimani to‘lamaslik mamlakatga 5 yil muddat ichida qayta kirishga ta’qiq qo‘yilishiga sabab bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter