Poytaxt kasallik tarqalayotgan asosiy hudud bo‘lib qolmoqda

2020-yil 18-avgust soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 36 518 (+166) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 158 nafari Toshkent viloyatida hamda 8 nafari Surxondaryo viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor, Uchtepa tumanida yashagan 44 yoshli U.I. (erkak) vafot etdi.
E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahrida 402 nafar, Toshkent viloyatida 165 nafar, Samarqand viloyatida 34 nafar, Buxoro viloyatida 20 nafar, Surxondaryo viloyatida 10 nafar, Andijon viloyatida 7 nafar, Navoiy viloyatida 3 nafar hamda Farg‘ona viloyatida 2 nafar, jami 643 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib, yurtimizda 32 223 (+643) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (88 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatimizda 4 052 nafar bemor davolanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter