Koronavirusdan tuzalish ko‘rsatkichi yana ortdi

Bugun ayni paytga qadar mamlakatimizning 4 ta hududida koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan bemorlarning 367 nafari tuzaldi, deya xabar berdi SSV matbuot xizmati.
Jumladan, ularning 247 nafari Toshkent shahrida, 102 nafari Toshkent viloyatida, 12 nafari Buxoro viloyatida hamda 6 nafari Andijon viloyatida kasallikdan forig‘ bo‘ldi.
Shunday qilib, ayni paytda yurtimizda koronavirus infeksiyasidan tuzalganlar soni 33 809 nafar, sog‘ayish ko‘rsatkichi esa 89 foizni tashkil etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter