Navoiydagi «4-zona»dan 76 nafar mahkum chiqarildi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga qarashli Navoiy shahar 4-son jazoni ijro etish koloniyasi kecha ancha «yengilladi». Mazkur muassasada jazo muddatini o‘tayotgan 76 nafar mahkum sud aktiga asosan bu joyni tark etdi. Ya’nikim, jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy shahar sudining sudyasi S. Boltayev raisligida (muassasaning o‘zida) bo‘lib o‘tgan sud majlislari yakunlariga ko‘ra, 7 nafar mahkum o‘talmay qolgan jazo muddatidan avval shartli ozod qilindi, yana 8 nafarining (o‘talmay qolgan jazosi) yengilrog‘i bilan almashtirishib, ularga ham ozodlik ravo ko‘rildi.
Bundan tashqari ichki tartib qoidalarga to‘liq rioya qilgani, jamoat ishlarida faol ishtiroki va boshqa omillar hisobiga 61 nafar mahkum yengil tartibli koloniyalarga o‘tkazildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter