Nima uchun professor-olimlar bolalar uchun kitob yozmaydi?
Dunyoda bugun Non-fiction (non-fikshn – badiiy bo‘lmagan adabiyot, haqiqat, to‘qilmagan adabiyot) janridagi bolalar kitoblari ummondek ko‘payib, o‘quvchilar orasida ham xuddi shu darajadagi qiziqishni uyg‘otmoqda.
Non-fiction kitobini yozish osonmi? Masalan, dinozavrlar haqidagi ma’lumotni vikipediyadan olamiz, so‘ng uni qisqartirib, chiroyli rasmlar chizib bolalarga taqdim etamiz. Oson. Lekin bunday kitobni bolalarga berish mumkin emas! Ha, bu kitob mutlaqo sifatsiz va keraksizdir.
Haqiqiy sifatli non-fiction kitob ortida 2ta katta ish yotadi:
Birinchisi ilmiy bilim (mutaxassis bilimi yoki yozuvchining bir necha yillik izlanishlari), ikkinchisi bolalar psixologiyasini tushunish (ilmiy matnni bolalar tilida yozishni adabiy to‘qima janrida ishlaydigan yozuvchi uchun oson ish emas). Kitob zo‘r chiqishi bilan birga u bolaga qiziqarli bo‘lishi ham muhim!
Janubiy Koreyadagi 99% non-fiction kitoblarni professor-olimlar bilan yozuvchilar birgalikda yozadilar. Ba’zida bir nechta olim va mutaxassislar birgalashib kichkinagina 12 varaqli shunday kitob ustida ishlaydilar. Natijasi haqida aytadigan bo‘lsak, qisqa muddatda bolalar ilm-fanga bog‘cha yoshidan qiziqqan bo‘ladilar va kosmos, dinozavr, tarix, hayvonot olami, hashoratlar, suyuqlik, quyuqlik, tog‘lar, daryolar, o‘simliklar olami va boshqa ko‘plab mavzularda bemalol gaplasha oladilar, ajoyib suhbatlar qura oladilar. Uzoq muddatli natijasi esa mamlakatda yuqori texnologiyalar keskin rivojlangan, kosmos zabt etilmoqda, sun’iy intellekt bo‘yicha tadqiqotlar va tibbiyot dunyoda yetakchi o‘rinlarda...
Bizda bugun biron shifokor yoki astronom olim bolalar kitobini yozishiga ko‘zim yetmaydi. Chunki birinchidan, ularning vaqti yo‘q, ikkinchidan vaqt ajratishi uchun biron stimul(bolalar adabiyotini yozsa uni hurmat qiladilar yoki ko‘p pul oladi) yo‘q.
Nima qilsa bo‘ladi? Non-fiction baribir kerak. Bolalar yozuvchilari biron ilmiy mavzuga chindan qiziqishlari bo‘lsa, azaldan o‘sha mavzuga qiziqib yurgan bo‘lsalar, mutaxassis bo‘lmasa ham chuqur izlanish qilib bolalar uchun non-fiction janrida bolalar kitobini yozishi mumkin. Bunday janrdagi kitoblar juda tez sotiladi! Bu fakt.
Dinara Mo‘minovaning facebook sahifasidan olindi
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter