Ob-havo bo‘yicha yangi tezkor ma’lumot e’lon qilindi

Gidrometeorologiya xizmati yangi tezkor axborot bilan chiqdi.
2023-yil 16-18-fevral kunlari A-373 «Toshkent – O‘sh» avtoyo‘lining «Qamchiq» dovonidan o‘tgan qismida qor yog‘ishi, vaqti–vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik, tuman kuzatilishi, ko‘rinuvchanlik 50 m.gacha pasayishi, shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, avtoyo‘lda yaxmalak va qor uyumlari yuzaga kelishi mumkin.
Shuningdek, joriy yil 14-20-fevral kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik sababli respublikaning tog‘li hududlarida, jumladan:
Qashqadaryo viloyati: Kitob, Shahrisabz tumanlarida;
Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Boysun tumanlarida;
Samarqand viloyati: Samarqand, Urgut tumanlarida;
Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal tumanlarida;
Toshkent viloyati: Parkent, Ohangaron, Bo‘stonliq tumanlarida va Chotqol tizmasining «Chimyon» tog‘larida;
Namangan viloyati: Pop tumanida;
Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona tumanlarida qor ko‘chish xavfi elon qilinadi.
Avvalroq to‘qqiz viloyat aholisi ogohlantirilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter