O‘zbekistonning ekologik tozalik reytingidagi o‘rni ma’lum qilindi

O‘zbekistonda 2020-yilda atmosfera havosiga sanoat korxonalari va transport vositalaridan 2 299 000 tonna zararli chiqindilar chiqarilgan. Shuningdek, mamlakat AQShdagi maxsus ekologik huquq va siyosiy markazi reytingida 2020 yilda 88-o‘ringa ko‘tarilgan.
Bular haqda AOKAdagi matbuot anjumanida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Islombek Boqijonov ma’lum qildi.
«2016-yilda atmosferaga 2 556 000 tonna ifloslantiruvchi moddalar chiqarilgan. Shundan 1 546 000 tonna chiqindi transport vositalari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Mamlakatlarning ekologik tozalik darajasi bo‘yicha xalqaro reytinglar bor, xususan AQShdagi maxsus ekologik huquq va siyosiy markaz tomonidan har 2 yilda ushbu reytinglar shakllantiriladi. Shu reytingda O‘zbekiston 2018-yilda 136-o‘rinda edi, 2020 yilda 88-o‘ringa chiqdik».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter