Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda eng qimmat palov qayerda tayyorlanishi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda eng qimmat palov qayerda tayyorlanishi ma’lum bo‘ldi

Foto:«Live Journal»

Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston uchun viloyatlar kesimida «palov indeksi»ni e’lon qildi.

Unga ko‘ra, eng qimmat palov Toshkent shahridadir. Bir kg palov 124 ming so‘m, bir porsiyasi esa 17 750 so‘mni tashkil etmoqda. Eng arzon ko‘rstakich esa Namangan viloyatida - 80 ming 997 so‘m.

Narxlarni ro‘yxatga oluvchi tomonidan kuzatuv o‘tkazilgan kun va vaqtdagi narx-navo qayd etilib, bunda vaqt va joyiga qarab narxlar o‘zgarib turadi.

Mazkur ma’lumotlarning shakllanishi jarayonida faqatgina tanlab olingan umumiy ovqatlanish muassasalari (Osh markazlari) dagi palovning o‘rtacha narxlari hisobga olingan  bo‘lib, restoran va choyxonalardagi narxlar inobatga olinmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring