«O‘zgidromet» yangi hafta uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

«O‘zgidromet» boshlangan hafta uchun ob-havo ma’lumotini taqdim etdi.
Haftaning birinchi yarmida O‘zbekiston hududi bo‘yicha yoz fasli kabi quruq va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kundan-kunga ko‘tarilib chorshanba kuniga kelib kunduzi 30-33° gacha ko‘tariladi, bu iqlimiy me’yordan 8-10° ga yuqori bo‘ladi.
4-5-aprelga shimolda va cho‘l hududlarida ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Ish haftasining ikkinchi yarmida respublika bo‘yicha yuqori va o‘rta qavat bulutlari kuzatiladi, ammo quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat tog‘li hududlarda 7 aprelda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduz kungi harorat 23-28° gacha biroz pasayadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter